Asosiy kontentga oʻtish
factum marketing

/ Xizmat 05

Brending va neyming

Eslab qolinadigan va ishonch uygʻotadigan brend yaratamiz.

Qisqacha javob

Brending — biznesning nomi, logotipi, vizual uslubi va muloqot ohangini yagona tizimga aylantirish. Factum neymingdan tortib brendbukgacha toʻliq brend yaratadi, shunda biznesingiz barcha kanallarda bir xil va ishonchli koʻrinadi.

Nima qilamiz

Yodda qoladigan nom, kuchli logotip va izchil vizual identifikatsiya — brendingiz raqobatchilardan ajralib turadi.

Brending — bu shunchaki logotip emas. Bu sizning bozordagi pozitsiyangiz, ovozingiz va his-tuygʻu. Biz nomdan tortib toʻliq vizual tizimgacha yaratamiz.

Kuchli brend narx raqobatidan chiqishga, ishonch qozonishga va mijozni qaytarishga yordam beradi.

Nimalar kiradi

01

Neyming

Yodda qoladigan, mavjud va maʼnoli nom variantlari.

02

Logotip va identitet

Logotip, rang, shrift va grafik tizim.

03

Brendbuk

Brenddan toʻgʻri foydalanish boʻyicha qoʻllanma.

04

Tone of voice

Brend qanday gapiradi — ovoz va uslub.

Qanday natija olasiz

  • Raqobatchilardan aniq ajralib turish
  • Yuqori ishonch va premium idrok
  • Barcha kanallarda izchil koʻrinish
  • Neyming
  • Logotip va identitet
  • Brendbuk
  • Tone of voice
Xizmatga buyurtma
Jarayon

Biz bilan qanday ishlaysiz?

Har bir bosqich shaffof va nazoratda — birinchi briefdan oylik hisobotgacha.

  1. 01

    Bosqich 01

    Brief va tahlil

    Loyiha maqsadlari, auditoriya va raqobatchilar tahlili. Strategiya asosi yaratiladi.

  2. 02

    Bosqich 02

    Timeline taqdimoti

    Ishlarning toʻliq rejasi va muddatlari kelishib olinadi.

  3. 03

    Bosqich 03

    Ishga tushirish

    Akkauntlar sozlanadi, reklama kabinetlari ochiladi va kontent ishlab chiqarish boshlanadi.

  4. 04

    Bosqich 04

    Hisobot va tahlil

    Qilingan ishlarning kunlik, haftalik va oylik hisobotlari — har doim shaffof.

Savol-javob

Koʻp beriladigan savollar: Brending va neyming

01.

Brending jarayoni qanday bosqichlardan iborat?

Tahlil va pozitsiyalash, neyming (kerak boʻlsa), logotip va vizual identitet, soʻngra brendbuk va tone of voice. Har bir bosqich siz bilan kelishiladi.

02.

Mavjud brendni yangilash mumkinmi?

Ha. Rebrending yoki brendni yangilash — taniqli elementlarni saqlagan holda zamonaviylashtirish ham mumkin.

03.

Brendbuk nima uchun kerak?

Brendbuk logotip, ranglar, shriftlar va ulardan foydalanish qoidalarini jamlaydi. U har qanday dizayner yoki pudratchi brendni bir xil va toʻgʻri qoʻllashini taʼminlaydi.

/ Keling, hamkorlik qilaylik

Biznesingizni keyingi bosqichga olib chiqamiz

Bepul konsultatsiya oling — biznesingizni tahlil qilib, oʻsish rejasini taqdim etamiz.